Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shahrisabzdagi to‘yxonada sodir bo‘lgan janjal pichoqbozlik bilan tugadi
Oqibatda jarohat olgan fuqaro tan jarohatlari olib, shifoxonaga yotqizilgan.
Ijtimoiy tarmoqlarda Shahrisabz shahridagi to‘yxonada bir kishi bir necha kishi tomonidan pichoqlangani aytilgan xabarlar tarqaldi. Viloyat IIB axborot xizmati xabar yuzasidan munosabat bildirdi.
Unda yozilishicha, 2022 yil 12 iyun kuni soat 21:30 larda Shahrisabz shahrida joylashgan to‘yxona oldida shaharning “Yangi hayot” MFYda yashovchi S.J. hamshahri “G‘alaba” MFYda yashovchi N.Q. va Shahrisabz tumani “Loliston” MFYda yashovchi Q.A. bilan janjallashib qolgan.
Janjal davomida N.Q. fuqaro S.J.ning o‘ng bilak sohasi va o‘ng oyoq boldir sohasiga pichoq bilan tan jarohati yetkazgan. Natijada S.J. tan jarohati olib, Shahrisabz shahar tibbiyot birlashmasi shifoxonasiga yotqizilgan.
Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan Shahrisabz shahar IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Avvalroq, Qashqadaryoda qarz tufayli kelib chiqqan janjal odam o‘limi bilan yakun topgandi.
Mavzuga oid
15:09 / 23.02.2025
Qashqadaryoda ma’muriy jarimadan jahli chiqqan haydovchi YPX mashinasining oynalarini sindirdi
13:07 / 09.07.2024
Qashqadaryoda mast haydovchi YHX inspektorini pichoqlab qochdi. Inspektor vafot etgan
10:40 / 27.05.2024
Marg‘ilondagi oshkora qotillik: bunga nima sabab bo‘lgandi?
12:41 / 27.10.2023