Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Coliq qo‘mitasi ish beruvchilardan hisobotda xodimlar shaxsiy identifikatsiya raqamini to‘g‘ri ko‘rsatishni so‘radi
2021 yil 1 iyuldan soliq organlarida soliq to‘lovchilarning hisobini yuritish jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JShShIR)dan foydalangan holda amalga oshirilmoqda. Bu haqda Soliq qo‘mitasi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i bo‘yicha hisobotda xodimlarning jismoniy shaxs shaxsiy identifikatsiya raqami ko‘rsatilishi kerak. Bu orqali jismoniy shaxslarning hisoblangan ish haqi to‘g‘risidagi ma’lumotlar shakllantiriladi.
“Biroq, ish beruvchilar tomonidan yuborilayotgan hisobotlarda ko‘rsatilayotgan JShShIR fuqarolarning amaldagi pasport yoki ID-kartadagi JShShIR bilan farq qilayotgani yoki boshqa shaxsning JShShIRni ko‘rsatish holatlari aniqlanmoqda”, deyiladi xabarda.
Hisobotlarda JShShIRni noto‘g‘ri ko‘rsatish voyaga yetmagan bolalari bo‘lgan oilalarga nafaqa puli, kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam, pensiya tayinlashda, xodimlar ish stajini shakllantirishda muammolarni keltirib chiqaradi.
Qo‘mita ish beruvchilardan o‘z xodimlari ish haqi bo‘yicha soliq hisobotlarini taqdim etishda ularning ko‘rsatilgan jismoniy shaxs shaxsiy identifikatsiya raqamlari amaldagi pasportlari yoki ID-kartalaridagi JShShIRga mos kelishiga ishonch hosil qilishlarini so‘ragan.
Mavzuga oid
10:28 / 12.09.2022
Bir nechta shahar va tumanlar soliq inspeksiyalariga rahbarlar tayinlandi
15:19 / 09.09.2022
Foydalanilmayotgan obektga nisbatan oshirilgan soliq natijasida hosil bo‘lgan qarz hisobdan chiqarildi
08:07 / 09.09.2022
Soliq xizmati to‘g‘risidagi qonunning yangi tahriri e’lon qilindi
17:26 / 07.09.2022