O‘zbekiston | 07:27 / 16.06.2022
10643
2 daqiqa o‘qiladi

Himmat Oqbo‘tayev yangi lavozimga tayinlandi

Himmat Oqbo‘tayev Samarqand viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi. Bu haqda Ekologiya qo‘mitasi xabar berdi.

Foto: Ekologiya qo‘mitasi

Qayd etilishicha, tayinlov Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisining buyrug‘iga binoan amalga oshirilgan.

Himmat Oqbo‘tayev 1962 yil Samarqand viloyati, Urgut tumanida tug‘ilgan. Ma’lumoti – oliy.

U mehnat faoliyatini  1979 yilda Urgut tumanida jamoa xo‘jaligi a’zosi sifatida boshlagan. Harbiy xizmatni o‘tagandan so‘ng, 1983-1988 yillarda Toshkent davlat universitetida tahsil olgan. 

1988-1991 yillarda Urgut tumanidagi jamoa xo‘jaligida huquqshunos, 1991-1992 yillarda Navoiy viloyati Xatirchi tumani prokuraturasi ish o‘rganuvchisi, 1992-1993 yillarda Navoiy tumani prokurori katta yordamchisi, 1993-1994 yillarda Navoiy viloyati prokuraturasi ichki ishlar idoralarida tergov va surishtiruv ustidan nazorat bo‘limi katta prokurori, 1994-1996 yillarda Navoiy shahar prokurori o‘rinbosari, 1996-1999 yillarda Navoiy tumani prokurori, 1999-2000 yillarda Navoiy viloyati prokuraturasi iqtisodiy jinoyatlar va korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi katta tergovchisi bo‘lgan.

U 2000-2002 yillarda Bosh prokuratura organlarida tergovni nazorat qilish boshqarmasi prokurori, katta prokurori, 2002-2003 yillarda Bosh prokuratura Ichki ishlar vazirligi idoralarida tergov va surishtiruv ustidan nazorat boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari, 2003-2004 yillarda Bosh prokuratura Ichki ishlar vazirligi organlarida qonunlar ijrosi ustidan nazorat boshqarmasi boshlig‘i, 2004-2006 yillarda Navoiy viloyati prokurori o‘rinbosari vazifalarida ishlagan.

2006–2016 yillar davomida Urgut tumani hokimi bo‘lib ishlagan H.Oqbo‘tayev 2016 yil 23 dekabr kuni Samarqand viloyati hokimi etib tayinlangan.

Viloyat hokimi sifatida bor-yo‘g‘i 6 oy ishlagan H.Oqbo‘tayev 2017 yil 12 iyun kuni prezident raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida lavozimidan ozod qilingan.

U 2017 yil 17 noyabr kuni Qo‘shrabot tumani hokimi etib tayinlanib, 2022 yil 15 iyun kuni lavozimidan olindi.

Mavzuga oid