Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Komil Allamjonov AQShning O‘zbekistondagi elchisi bilan uchrashuv o‘tkazdi
Uchrashuvda Mass-media fondi va AQSh elchixonasi hamkorligida amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan qator loyihalar muhokama qilindi.
Foto: Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi
Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi Vasiylik kengashi raisi Komil Allamjonov AQShning O‘zbekistondagi elchisi Daniel Rozenblyum bilan uchrashuv o‘tkazdi.
“Bugun Amerika Qo‘shma Shtatlari elchisi janob Daniel Rozenblyum bilan uchrashdim. Samimiy va do‘stona ruhda o‘tgan uchrashuvda Mass-media fondi va AQSh elchixonasi hamkorligida amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan qator loyihalarni muhokama qildik”, deb ma’lum qildi Allamjonov o‘z Telegram-kanalida.
May oyi oxirida Allamjonov “Ozod Yevropa Radiosi / Radio Svobodnaya Yevropa (“Ozodlik radiosi”) mediakorporatsiyasi prezidenti va bosh ijrochi direktori Jyeymi Flay va “Ozodlik”ning o‘zbek xizmati bosh muharriri Pahlavon Sodiq bilan uchrashuv o‘tkazgandi.
Ma’lum qilinishicha, uchrashuvda hamkorlik imkoniyatlari muhokama qilingan va har ikki tomon uchun dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashilgan.
Mavzuga oid
15:04 / 21.02.2025
Komil Allamjonovning yordamchilari Oliy sudda oqlandi
14:36 / 12.02.2025
«5 oy ichida o‘zimdan o‘tgani o‘zimga, eng yaqinlarimga ayon» - Komil Allamjonov
14:16 / 12.02.2025
Prezident davlat xavfsizlik xizmati sobiq mulozimi Shuhrat Rasulov 23 yilga qamaldi
13:34 / 12.02.2025