O‘zbekiston | 11:47 / 16.06.2022
10612
2 daqiqa o‘qiladi

Milliy gvardiya qo‘riqlash sohasidagi davlat siyosatini amalga oshirishi belgilandi

Foto: Kun.uz

“Qo‘riqlash faoliyati to‘g‘risida”gi qonun prezident tomonidan imzolandi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali xabar bermoqda.

Qo‘riqlash faoliyati asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

  • jismoniy shaxslar hayoti va sog‘lig‘ini tajovuzlardan himoya qilish;
  • jismoniy va yuridik shaxslar mol-mulki hamda obektlarini tajovuzlardan himoya qilish;
  • qo‘riqlanadigan obektlar hududida jamoat tartibini saqlash, huquqbuzarliklarni profilaktika qilish va ularga chek qo‘yish;
  • yuridik shaxslar qo‘riqlanadigan obektlarida nazorat o‘tkazish va obekt ichki rejimlarini ta’minlash.

Qo‘riqlash sohasidagi davlat siyosatini Milliy gvardiya amalga oshiradi. Qo‘riqlash faoliyatini chet davlatlar jismoniy shaxslari va tashkilotlari, jumladan xususiy tashkilotlari tomonidan amalga oshirishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari bo‘yicha shartnoma asosida qo‘riqlash faoliyatini Milliy gvardiya amalga oshiradi. Qo‘riqlash shartnomasiga muvofiq qo‘riqlash faoliyatini amalga oshiruvchi sub’yektlar o‘z harakatlari (harakatsizligi) natijasida qo‘riqlanadigan obektga yetkazilgan zarar o‘rnini to‘liq qoplashi shart.

Davlat organlari qo‘riqlash bo‘linmalari harbiy xizmatchilari va xodimlari tomonidan jismoniy kuch ishlatish, maxsus vositalarni hamda xizmat qurolini qo‘llash qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Qo‘riqlash faoliyatini amalga oshiruvchi sub’yektlar o‘z zimmasiga yuklatilgan vazifani bajarish uchun xizmat itlaridan foydalanishi mumkin.

Mavzuga oid