Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent shahrining ayrim hududlarida elektr energiyasi ta’minotida uzilishlar kuzatiladi
Bugun, 16 iyun kuni Toshkent shahrining Shayxontohur tumanidagi aholi yashash xonadonlarida elektr energiyasi soat 09:00 dan 17:00 qadar vaqtinchalik o‘chiriladi.
«Toshkent shahar ETK» matbuot xizmati xabariga ko‘ra, Shayxontohur tumani Oqlon mahallasidagi «Oqlon» masjidining kengaytirilishi hamda rekonstruksiya qilinishi kutilmoqda.
Shu munosabat bilan hududdagi quvvati 10 kV bo‘lgan yuqori kuchlanishli TP-2762 sonli transformator punktini joyidan boshqa xavfsiz joyga ko‘chirish ishlari olib boriladi. Ushbu hududdagi aholi yashash xonadonlarida elektr energiyasidan vaqtinchalik uzilishlar kuzatiladi.
Shayxontohur tumanining «Oqlon» MFY, «Ko‘kcha» MFY, «Samarqand darvoza» MFY, «Yangishahar» MFY, «Gulobod» MFY, «Bog‘ ko‘cha» MFY hamda Ahil ko‘chasida yashovchi aholi xonadonlarida elektr energiyasi vaqtinchalik o‘chirilgan.
Bildirilishicha, «Toshkent shahar elektr tarmoqlari korxonasi» tasarrufidagi Shayxontohur tuman elektr ta’minoti korxonasi ishchi-xodimlari tomonidan ushbu vaziyatni tezkorlik bilan bartaraf etish uchun zarur choralar ko‘rilmoqda.
Mavzuga oid
18:43 / 24.05.2025
Fransiyada yirik blekaut yuz berdi
17:21 / 30.04.2025
Toshkentning Shayxontohur tumani hokimligi binosi sotuvga qo‘yildi
16:30 / 20.04.2025
Toshkentda fuqarolarga pichoq bilan tahdid qilgan mast erkak 10 sutkaga qamaldi
14:51 / 11.04.2025