Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“O‘zbekneftgaz”: Qashqadaryo hududidagi gaz haydash agregatlari va texnologik qurilmalar me’yoriy ish rejimidan avariyaviy holatda to‘xtadi
Joriy yilning 17 iyun kuni soat 14:00 da “O‘zbekneftgaz” AJ ishlab chiqarish obektlarini ta’minlab turgan “ShGKM 220/110/6 kV” podstansiyasidan chiquvchi “Kimyo-1,2” 110 kV havo elektr uzatish tarmoqlarida bir vaqtning o‘zida elektr energiyaning o‘chishi sodir bo‘ldi.
Buning natijasida, “Sho‘rtan neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi”ga qarashli barcha texnologik qurilmalari va “Bateman” (4 ta), “KMPO” (5 ta), “Shimoliy Nishon” (3 ta), “Sho‘rtan” bosh inshootida joylashgan tozalangan gazni magistral gaz quvurlariga yetkazib beradigan (4 ta) kompressor stansiyalarida jami 16 ta gaz haydash agregatlari va texnologik qurilmalari me’yoriy ish rejimidan avariyaviy holatda to‘xtadi.
Ushbu holat “Sho‘rtan neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi”, “Gissarneftgaz” QK va “Epsilon D.C.” XK tomonidan qazib chiqarilayotgan uglevodorodlar hajmiga salbiy ta’sir ko‘rsatdi.

Gaz haydash agregatlari va texnologik qurilmalarning to‘xtab turish vaqtida, “Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi” MChJga va “Uzbekistan GTL” zavodiga yetkazib berilayotgan xomashyo gazining qisqarishiga olib keldi.
Bu holat shuningdek, zavodlardagi ishlab chiqarish quvvatlari pasayishiga hamda tayyor mahsulot ishlab chiqarish hajmini kamayishiga olib keldi.
Hozirda elektr ta’minoti qayta tiklangandan so‘ng, boshqarmaning malakali mutaxassislari tomonidan olib borilgan sa’y harakatlari natijasida to‘xtab turgan 16 ta gaz haydash agregatlari birin-ketin ishga tushirilmoqda.

To‘xtab qolgan texnologik qurilmalarni qayta ishga tushirish va to‘liq ish rejimida ishlashini ta’minlash bo‘yicha barcha zaruriy ishlar olib borilmoqda.
“O‘ztransgaz” AJ magistral gaz quvurlariga tabiiy gaz yetkazib berish hajmi bosqichma-bosqich tiklanmoqda.
“O‘zbekneftgaz” AJ Matbuot xizmati Ⓣ
Mavzuga oid
15:41 / 19.05.2025
O‘zbekiston-Misr neft-kimyo va energetika sohasida loyihalarni amalga oshiradi
17:46 / 17.02.2025
Davlatga qarashli bir qator yirik kompaniyalar yanvarda soliq to‘lashni qisqartirdi
17:51 / 27.12.2024
O‘zbekiston qanday qilib yirik gaz eksportyoridan sof importyoriga aylandi?
22:19 / 19.12.2024