Foto: Ko‘ksaroyda Ilhom Aliyevni rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi
21 iyun kuni Ko‘ksaroy qarorgohida O‘zbekiston Respublikasiga davlat tashrifi bilan kelgan Ozarboyjon Respublikasi prezidenti Ilhom Aliyevni rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Ikki mamlakatning davlat bayroqlari bilan bezatilgan maydonda Ozarboyjon prezidenti sharafiga faxriy qorovul saf tortdi.
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev oliy martabali mehmonni kutib oldi.
Davlat rahbarlari shohsupaga ko‘tarildilar. O‘zbekiston va Ozarboyjon davlat madhiyalari yangradi.
Mamlakatlarimiz yetakchilari faxriy qorovul safi oldidan o‘tdilar.
Marosimda O‘zbekiston va Ozarboyjon rasmiy delegatsiyalari a’zolari ishtirok etdi.
Ko‘ksaroy qarorgohida Shavkat Mirziyoyev va Ilhom Aliyev tor doirada uchrashuv o‘tkazdi.
Davlat rahbarlari O‘zbekiston va Ozarboyjon o‘rtasidagi ko‘p qirrali strategik sheriklik munosabatlarini yanada kengaytirish yuzasidan fikr almashdilar.
Ikki tomonlama hamkorlik jadal rivojlanib borayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Keyingi yillarda mamlakatlarimiz o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi barqaror oshib bormoqda. Qo‘shma korxonalar soni 4 barobar ko‘paydi.
2021 yil sentabr oyida Ozarboyjonda mamlakatimiz avtomobillarini yig‘ish korxonasining ishga tushirilgani muvaffaqiyatli qo‘shma loyihalardan biri bo‘ldi. Tashrif arafasida o‘tkazilgan biznes forumida umumiy qiymati yarim milliard dollarlik yangi investitsiya va savdo kelishuvlari imzolandi.
Savdo-iqtisodiy hamkorlikni yanada kengaytirish maqsadida O‘zbekiston va Ozarboyjon yetakchilari uchrashuv chog‘ida ikki mamlakat hududida neft-gaz, gaz-kimyo, to‘qimachilik, farmatsevtika, vinochilik va oziq-ovqat tarmoqlarida sanoat kooperatsiyasi istiqbollarini muhokama qildilar.
Transport kommunikatsiyalari sohasidagi hamkorlikni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratildi. Transport yo‘laklarini rivojlantirish, yuk tashish tariflarini maqbullashtirish muhimligi ta’kidlandi.
Prezidentlar hududlararo hamkorlikni mustahkamlash, birgalikdagi ishbilarmonlik va madaniy tadbirlarni o‘tkazish, sayyohlar almashinuvini ko‘paytirish muhim ekanini qayd etdilar.
Davlat rahbarlari xalqaro va mintaqaviy vaziyat yuzasidan ham fikr almashib, ko‘p tomonlama tuzilmalar doirasidagi faol muloqot va o‘zaro qo‘llab-quvvatlashni davom ettirish masalalarini muhokama qildilar.
Mavzuga oid
22:12 / 22.11.2024
Shavkat Mirziyoyev Suma Chakrabarti bilan uchrashdi
21:33 / 22.11.2024
Xitoy Surxondaryodagi mis va kumush konlariga 2,7 milliard dollar investitsiya taklif qilmoqda
20:29 / 22.11.2024
Xorazmga 2025 yilda 1,5 milliard dollar investitsiya jalb etish rejalashtirildi
20:24 / 22.11.2024