Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiyadan O‘zbekistonga shaftoli ko‘chati olib kirishga vaqtincha taqiq qo‘yildi
2022 yil 15 iyundan boshlab Turkiyaning «PARLAR FIDAN Parlar fidan tarim urunleri gida tekstil sanayi ve ticarey limited sirketi» (pitomnik) ko‘chatxonalaridan O‘zbekistonga ekish materiallarini olib kirishga vaqtinchalik taqiq o‘rnatildi.
«Yangi O‘zbekiston» nashri xabariga ko‘ra, markaziy fitosanitariya laboratoriyasining 18 maydagi ekspertiza xulosasiga ko‘ra, Turkiyaning «PARLAR FIDAN» ko‘chatxonalaridan O‘zbekistonga olib kirilgan shaftoli (Dixired navi) ko‘chatlarida «Olxo‘rining cho‘tir kasalligi» (Plum pox virus) aniqlangan.
Shu bois mazkur kasallikni O‘zbekiston hududida tarqalish xavfi oldini olish maqsadida O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi tomonidan vaqtinchalik import cheklovi o‘rnatildi.
Ma’lumot uchun, «Olxo‘rining cho‘tir kasalligi» (Plum pox virus) asosan Yevropa mamlakatlari, xususan, Avstriya, Angliya, Bolgariya, Vengriya, Germaniya, Niderlandiya, Gretsiya, Moldova, Polsha, Rossiya, Ruminiya, Serbiya, Turkiya, Ukraina, Chexiya, Estoniya, Shveytsariya, Shvetsiya kabi mamlakatlarda tarqalgan. Ushbu kasallik olxo‘ri, tog‘olcha, o‘rik, shaftoli kabi mevalarni zararlaydi. Kasallik tufayli chidamsiz daraxtlarning 25-50 foiz, ba’zan 100 foiz hosili yo‘qotiladi.
Zararlangan daraxtlar mevasi ko‘pchiligi to‘kiladi, qolganlari mayda va ta’msiz bo‘lib qoladi. Kasallik belgilari daraxtlar virus bilan zararlangandan so‘ng 9-11 oy o‘tganda namoyon bo‘ladi. Shuningdek, kasallik bilan zararlangan mevalar vaqtidan oldin rangga kiradi, tarkibida qand moddasi kamayadi va sog‘lomlaridan 20-30 kun oldin to‘kiladi. Ularning bir qismi mumiyolashadi. Kuchli zararlangan chidamsiz navlar hosili butunlay yo‘qotilishi mumkin.
O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi va Sog‘liqni saqlash vazirligi qaroriga muvofiq «Olxo‘rining cho‘tir kasalligi» (Plum pox virus) O‘zbekiston uchun karantin ahamiyatiga ega bo‘lgan zararli organizmlar ro‘yxatiga kiritilgan.
Mavzuga oid
11:35 / 28.05.2025
Turkiyada murakkab vaziyatga tushib qolgan o‘zbekistonlik ayolga yordam berildi
17:01 / 24.05.2025
Turkiyada «Sulton Sulaymon» 1 yil 10 oy shartli qamoq jazosiga hukm qilindi
15:49 / 24.05.2025
O‘zbekiston Shusha deklaratsiyasiga qo‘shilgani haqidagi xabarlar rad etildi
21:12 / 23.05.2025