Jamiyat | 14:31 / 22.06.2022
12940
3 daqiqa o‘qiladi

“Erkak kishi birovdan yordam so‘rashi og‘ir bo‘larkan, lekin keksa ota-onam, uch bolam kutyapti”: chorasiz qolayotgan aka-ukalar 

Nodirbek Omonov 6 yildan beri jigar sirrozidan aziyat chekadi. Uning jonini saqlab qolish uchun aka-ukalari hamma narsalarini sotib xorijda operatsiya qildirishdi. Ammo bunga lozim bo‘lgan katta mablag‘ning hammasi ham topilmadi. 

Uch nafar farzandning otasi Nodirbek Omonov dehqonchilik qilib ro‘zg‘or tebratib, oilasini hech narsaga zoriqtirmay yashash umidida tinimsiz mehnat qilardi. Ammo jigarida aniqlangan xastalikning og‘ir dard ekanligini bilganda kech bo‘lgan edi. Jigar sirrozining tobora og‘irlashayotgani bemorning aka-ukalarini xavotirga solib, birdan-bir davo – jigar ko‘chirish amaliyotining harakatiga tushishdi. Buning uchun hamma narsalarini: o‘zlari dehqonchilik qilib kun ko‘radigan yerlarini, avtomobillarini sotib uch aka-uka Hindistonga jo‘nab ketishgan. Ulardan biri bemor akasiga o‘z jigarining yarmini berdi. Qo‘llaridagi bor mablag‘ bilan operatsiya uchun boshlang‘ich to‘lovlarni amalga oshirib, jarrohlik muolajasini muvaffaqiyatli o‘tkazishgan. Shu kunga qadar 16 ming AQSh dollari to‘lashgan bo‘lsa, yana 10 ming AQSh dollari miqdorida qilinadigan to‘lov uchun mablag‘lari yo‘qligi sabab ular o‘z oilalari bag‘riga qayta olishmayapti. Shifoxona qolgan pulni talab qilmoqda.

Murakkab operatsiyani boshdan kechirgan Nodirbek Omonov sog‘-omon qaytishi uchun yordamga muhtojligini aytadi: “Erkak kishi uchun yotvolib yordam so‘rash juda og‘ir bo‘larkan. Meni O‘zbekistonda keksa ota-onam, uch bolam kutyapti. Farzandlarim har kuni qachon qaytishimni so‘rab yig‘lashadi. Hech kimning boshiga tushmasin bunday kunlar”.

“Akam 6 yildan beri shu darddan qiynalib keladi. Davolatish uchun qo‘limizdan kelganini qildik, hammasi yaxshi o‘tdi. Lekin kasalxonadan qarz bo‘lib qolganmiz. Shu qarzimizni to‘lab yurtimizga qaytishimiz uchun hech imkoniyatimiz yo‘q.

Noiloj qolib, birovdan yordam so‘rash nihoyatda og‘ir. Lekin akam uchun shunga majburman”, – deydi bemorning ukasi Jahongir Omonov.  

Nodirbek Omonovga oid ma’lumotlar:

O‘zkard:6262 9100 9247 0095 Mavjuda Omonova nomida

Humo: 9860 0301 7648 1825 Adham Begaliyev nomida

Sberbank: 5228 6005 4317 7721 Vohid Dumashev nomida 

Mavzuga oid