O‘zbekiston | 13:31 / 22.06.2022
9825
2 daqiqa o‘qiladi

“Hududgaz Andijon” press-tur tashkil qildi

Kun davomida o‘tgan press-tur davomida ommaviy axborot vositalari vakillari va blogerlar “Hududgaz Andijon” gaz ta’minoti filiali faoliyati bilan tanishdilar.

Foto: Kun.uz

Tadbir ishtirokchilari filialning “Qo‘rg‘ontepa” gaz to‘ldirish shoxobchasida gaz mahsulotining yetib kelib tarozidan o‘tishi, maishiy gaz ballonlarining to‘ldirish jarayoniga guvoh bo‘lib mutaxassislardan tegishli ma’lumotlarni olishdi. Maskanda tajribadan o‘tib yaxshi samara berayotgan “E-gaz” dasturida ishlashning o‘ziga xosligi va imkoniyatlari haqida tushuncha berildi.

Jalaquduq tumanidagi Bo‘ston mahallasida aholini maishiy gaz balloni bilan ta’minlash va to‘lov tizimining onlayn amalga oshirilishini bevosita jarayonda kuzatib borish imkoniyatiga ega bo‘lgan OAV vakillari, fuqarolar bilan muloqotlar olib borishdi.

Xo‘jaobod tumanidagi “Fayz-M” korxonasiga tashrif davomida mazkur ulgurji iste’molchining tabiiy gaz ta’minoti bilan ta’minlanganlik darajasi va o‘zaro hamkorlik samaradorligi haqida ma’lumotlar olindi.

Tabiiy gaz nazorati va hisobining avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish” (ASKUG) loyihasining Andijon viloyatida joriy etilishi press-tur ishtirokchilari uchun  Buloqboshi tumanidagi “Qumguzar” MFY misolida ko‘rsatib berildi.  

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid