O‘zbekiston | 10:54 / 22.06.2022
8270
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston 5 oyda xorijga 335 mln dollarlik meva va sabzavotlar sotdi

O‘zbekiston 5 oyda qancha meva va sabzavotlar eksport qilgani to‘g‘risida ma’lumot berildi. Davlat statistika qo‘mitasi tegishli xabar bilan chiqdi.

Foto: Kun.uz

Qo‘mitaning dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2022 yilning yanvar-may oylarida O‘zbekiston qiymati 335 mln AQSh dollariga teng bo‘lgan 615,6 ming tonna meva va sabzavotlar eksport qilgan. 

Qayd etilishicha, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 44 ming tonnaga oshgan. 

2022 yilning 5 oyida eksport qilingan meva va sabzavotlar hajmi: 

  • meva va rezavorlar – 61 ming tonna;
  • quritilgan meva va rezavorlar – 17,6 ming tonna;
  • sabzavotlar – 498 ming tonna;
  • karam – 127,8 ming tonna; 
  • pomidor – 41,4 ming tonna; 
  • uzum – 10,1 ming tonna;
  • mayiz – 32,8 ming tonna;
  • yeryong‘oq – 9,4 ming tonna;
  • tarvuz-qovun – 4,1 ming tonna.

Bundan oldin O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasi 20,5 mlrd dollarga teng bo‘lgani xabar qilingandi

Tashqi savdo aylanmasi tarkibida eksport – 8,3 mlrd dollarni tashkil etdi. Bunda, mahsulotlar 7,2 mlrd dollar, xizmatlar 1,1 mlrd dollar olib kelgan.

Importga 12,2 mlrd dollar sarflangan. Bunda, mahsulotlarga 11,2 mlrd dollar ketgan bo‘lsa, xizmatlarga 930 mln dollar sarflangan.

Mavzuga oid