Iqtisodiyot | 16:16 / 22.06.2022
36998
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda dollar kursi tushishi davom etmoqda, rubl ilk bor 200 so‘mdan o‘tdi

Birjada AQSh dollarining so‘mga nisbatan kursi qariyb 50 so‘mga pastladi.

Markaziy bank xorijiy valutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 23 iyunda amalda bo‘ladigan qiymatini belgiladi.

Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 48,91 so‘mga pastlab, 10 847,08 so‘mni tashkil qildi. Yevro 103,52 so‘mga tushib, 11 411,13 so‘m bo‘ldi.

Rubl esa 4,15 so‘mga oshib, 203,89 so‘m bo‘ldi. Bu Rossiya valutasi kursi O‘zbekistonda ilk bor 200 so‘mlik nuqtadan o‘tishi hisoblanadi.

Dollar kursi esa qatorasiga to‘rtinchi kun pasaymoqda.

Mavzuga oid