Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda Turkiya politsiyasi tomonidan qidiruvda bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi
O‘zbekistonda Turkiya politsiyasi tomonidan qidiruvda bo‘lgan jinoyatchi ushlandi, deb xabar bermoqda Interpolning O‘zbekistondagi Milliy markaziy byurosi.
Anqaraning Interpol Milliy markaziy byurosi talabiga binoan hamda Interpolning O‘zbekistondagi Milliy markaziy byurosi tezkor harakatlari tufayli Toshkent shahri hududida Turkiyaning Bakirkoy viloyatida jinoyat sodir etgani uchun xalqaro qidiruvda bo‘lgan, 1987 yilda tug‘ilgan Turkiya fuqarosi Ya.Yu.ning yashiringan joyi aniqlanib, u qo‘lga olindi.
Qayd etilishicha, bugungi kunda O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi Interpol MMB xodimlari tomonidan barcha tezkor-protsessual harakatlar yakunlangan.
Ma’lum qilinishicha, huquqbuzar sudda javob berishi hamda jazoga tortilishi uchun chet elliklarga topshirish masalasi hal etilgungacha, ekstraditsiyaga qadar qamoqqa olindi.
Mavzuga oid
11:35 / 28.05.2025
Turkiyada murakkab vaziyatga tushib qolgan o‘zbekistonlik ayolga yordam berildi
18:05 / 26.05.2025
Qotillikda ayblanayotgan o‘zbekistonlik Salvadordan Rossiyaga ekstraditsiya qilindi
17:01 / 24.05.2025
Turkiyada «Sulton Sulaymon» 1 yil 10 oy shartli qamoq jazosiga hukm qilindi
15:49 / 24.05.2025