Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston 5 oyda Qozog‘iston va Rossiyaga 432 ming tonna meva va sabzavotlar yetkazib berdi
O‘zbekiston asosan qaysi davlatlarga meva va sabzavotlarni eksport qilayotgani ma’lum qilindi. Davlat statistika qo‘mitasi tegishli xabar bilan chiqdi.
Qo‘mita ma’lumotlariga ko‘ra, 2022 yilning yanvar-may oylarida O‘zbekiston 335 mln AQSh dollarlik meva va sabzavotlar eksport qilgan.
O‘zbekiston 2022 yilning 5 oyida eng ko‘p meva va sabzavot mahsulotlarini eksport qilgan davlatlar orasida Qozog‘iston va Rossiya yetakchilik qilmoqda, mos ravishda - 314 ming tonna va 118 ming tonna.
Ushbu ko‘rsatkich qolgan davlatlar kesimida quyidagicha ko‘rinish oldi:
- Qirg‘iziston – 53 ming tonna;
- Xitoy – 48 ming tonna;
- Afg‘oniston – 19 ming tonna;
- Belarus – 11 ming tonna;
- Pokiston – 7 ming tonna;
- Turkiya – 6 ming tonna;
- Ukraina – 4,9 ming tonna;
- Eron – 4,5 ming tonna;
- Ozarboyjon – 3,8 ming tonna;
- BAA – 3 ming tonna;
- Germaniya – 1 ming tonna.
Bundan oldin O‘zbekiston 5 oyda xorijga 335 mln dollarlik meva va sabzavotlar sotgani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
10:40 / 28.05.2025
Oliy ta’lim tashkilotlarida qancha talaba tahsil olayotgani aytildi
11:13 / 27.05.2025
Qaysi hududda eng ko‘p nikoh qayd etilgani aytildi
13:07 / 26.05.2025
34 yilda umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari soni qanchaga oshgani aytildi
11:21 / 23.05.2025