Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda 2 nafar bolali oilalar soni eng ko‘p ulushni tashkil etadi
O‘zbekistonda 2 nafar bolali oilalar soni ko‘p. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi xabar berdi.
Qo‘mita uy xo‘jaliklari tanlama kuzatuvlari ma’lumotlariga asosan 2022 yilning yanvar-may holatiga 16 yoshgacha bolalari mavjud bo‘lgan uy xo‘jaliklari 75,3 foizni tashkil etdi.
Shundan:
- bir bolalilar - 23,3 foiz;
- ikki bolalilar - 26,3 foiz;
- uch bolalilar - 18,3 foiz;
- to‘rt va undan ko‘p bolalilar 7,4 foiz.
Kuzatuv natijalariga ko‘ra, 24,7 foiz uy xo‘jaliklarida 16 yoshgacha bo‘lgan bolalar mavjud emas.
Bundan oldin O‘zbekistonda aholining 71 foizi jismoniy mashg‘ulotlar bilan shug‘ullanishi ma’lum qilingandi.
Mavzuga oid
10:40 / 28.05.2025
Oliy ta’lim tashkilotlarida qancha talaba tahsil olayotgani aytildi
11:13 / 27.05.2025
Qaysi hududda eng ko‘p nikoh qayd etilgani aytildi
13:07 / 26.05.2025
34 yilda umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari soni qanchaga oshgani aytildi
11:21 / 23.05.2025