Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda Rossiya IIV «Pasport-viza xizmati» korxonasi vakolatxonasi akkreditatsiyadan o‘tkazildi
20 iyun kuni O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi konsullik-huquqiy departamentida Rossiya Ichki ishlar vazirligi «Pasport-viza xizmati» federal davlat unitar korxonasi O‘zbekistondagi vakolatxonasi maslahatchisi Oleg Kostyuk bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda «Dunyo».
Uchrashuvda Rossiya Ichki ishlar vazirligi «Pasport-viza xizmati» federal davlat unitar korxonasi vakiliga ushbu tashkilot TIV huzurida rasmiy akkreditatsiyadan o‘tgani haqidagi sertifikat topshirildi.
Oleg Kostyuk akkreditatsiyadan o‘tkazilganlik uchun minnatdorlik bildirib, vakolatxona nafaqat o‘zbekistonlik mehnat muhojirlarini uyushgan ravishda jalb qilish bo‘yicha «pilot loyiha» doirasida faol ishtirok etish, balki fuqarolar uchun turli xizmatlar, xususan, konsalting va axborot xizmatlarini ko‘rsatishni tashkil etish niyatida ekanini ta’kidladi.
Rossiya Ichki ishlar vazirligi «Pasport-viza xizmati» davlat unitar korxonasi asosiy faoliyati jismoniy va yuridik shaxslarga migratsiya sohasida axborot va konsalting xizmatlarini ko‘rsatish, shuningdek, Ichki ishlar vazirligiga taqdim etilgan arizalar va boshqa hujjatlarni qayta ishlash bo‘yicha xizmatlarni taqdim etadigan yagona tuzilmadir.
Ayni paytda O‘zbekiston Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Rossiya Ichki ishlar vazirligi «Pasport-viza xizmati» federal davlat unitar korxonasi bilan mamlakatdan Rossiyaga 10 ming quruvchini ishga jalb qilish bo‘yicha «pilot loyiha» doirasida hamkorlik qilmoqda.
«Pilot loyiha» mehnat migrantlari Rossiyaga kirish mexanizmini optimallashtirish, ish beruvchilar bildirgan ehtiyojlarni hisobga olgan holda mutaxassislar malakasini oshirish, shuningdek, fuqarolar Rossiya hududiga borishi uchun zarur bo‘lgan protseduralarni o‘tkazishga qaratilgan. Barcha zarur tibbiy va huquqiy protseduralar, jalb etilgan o‘zbekistonlik mutaxassislar malaka tekshiruvlari Toshkentda amalga oshiriladi.
Mavzuga oid
23:26 / 19.05.2025
Rossiyada oilaviy zo‘ravonlik qurboni bo‘lgan ayol va uning uch farzandi O‘zbekistonga qaytarildi
08:40 / 13.05.2025
Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti MH17 halokati uchun Rossiyani javobgar deb topdi
17:02 / 12.05.2025
Rossiyada xorijliklarga tibbiy yordam ko‘rsatish tartibi o‘zgaradi
14:54 / 12.05.2025