Samarqandda fuqaroni pul evaziga tug‘uruqxonaga ishga kiritmoqchi bo‘lgan RShTTYoIM filiali mansabdori ushlandi
Mansabdor shaxs fuqaroni tug‘uruqxonaga ishga kiritib qo‘yishini aytib, undan 1,4 ming dollar olayotganda ushlangan.

Foto: Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti
Bosh prokuratura huzuridagi departamentning xabar berishicha, departament hamda DXX Samarqand viloyati boshqarmalari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Tadbirda Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam ilmiy markazi Samarqand filialining o‘rindoshlik asosida yangi texnologiyalar bo‘yicha direktor o‘rinbosari T.M. fuqaro X.ni tanishlari yordamida Samarqand shahridagi 4-sonli tug‘uruqxonaga hamshira vazifasiga ishga kiritib qo‘yish evaziga 1,4 AQSh dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Avvalroq, Samarqandda fuqaroni 4 ming dollar evaziga o‘qishga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lgan SamDU o‘qituvchisi ushlangandi.
Mavzuga oid

10:10 / 04.04.2025
Tasvirga olish uchun rozilik olish talabi OAV faoliyatiga qanday ta’sir qiladi? Adliya vazirligi izohi

11:42 / 23.01.2025
Mashhur oshxona brendlarini shantaj qilib, pul undirishda gumonlanayotgan 3 kishi qo‘lga olindi

21:36 / 13.06.2024
Qo‘ng‘irot tumani IIB boshlig‘i o‘rinbosari tovlamachilikda gumonlanib qo‘lga olindi

15:48 / 07.03.2024