Jahon | 19:02 / 23.06.2022
29109
3 daqiqa o‘qiladi

Vayron bo‘lgan uylar va «omon qolganlar» – Afg‘onistondagi zilzila oqibatlari suratlarda

22 iyun kuni Afg‘oniston sharqida ro‘y bergan kuchli yer silkinishlari oqibatida qurbon bo‘lganlar soni 1,9 mingdan oshdi, jarohatlanganlar soni undan ham ko‘proq. AQSh Geologiya xizmati (USGS) hisob-kitoblariga ko‘ra, zilzila magnitudasi 5,9 ballga teng bo‘lgan.

Ayni vaqtda toliblarda resurslar yetishmasligi va kuchli yomg‘irlar sababli qidiruv ishlari sekin davom etmoqda. Qurbonlar yanada ko‘payishi mumkin, hukumat xalqaro tashkilotlardan yordam so‘ragan.

Zilzila keltirgan talafotlarga qayg‘u bilan qarab o‘tirgan kishi. Xo‘st provinsiyasi, Afg‘oniston. Foto/ Sardar Shafaq /Anadolu
 Gayan qishlog‘ida tabiiy ofatdan jabrlanganlarni tez yordam mashinalari olib ketmoqda. Foto/EPA
Chorshanba kuni ro‘y bergan zilzila hududdagi ko‘plab eski va zaif binolarni vayron qilgan. Foto/ Said Xudoyberdi / Anadolu
Zilziladan vayron bo‘lgan uy xarobalari orasidagi kishi. Foto/EPA
Zilzila qurbonlarining kafanlangan jasadlari. Afg‘on rasmiylari bu ofat so‘nggi 20 yildagi eng halokatlisi bo‘lganini aytmoqda. Foto/EPA
Aholi Spera tumanidagi bino vayronalari ostidan topilgan zilzila qurbonining jasadini olib ketmoqda. Foto/ Sardar Shafaq /Anadolu
Zilzilada uyi vayron bo‘lgan afg‘onlar vaqtinchalik chodirlar tikib yashamoqda. Gayan qishlog‘i, Afg‘oniston. Foto/EPA
Mahalliy aholi vayron bo‘lgan uy xarobalari orasidan «omon qolgan» jihozlarni qidirmoqda. Foto/AP
Turkiya Qizil yarim oy jamiyati tomonidan zilziladan jabrlangan oilalar uchun insonparvarlik yordami yuborildi Foto/ Anadolu
Zilzilada vayron bo‘lgan uy ostida qolgan avtomobil Foto/ AP
Vaqtinchalik qurilgan palatkalar oldida turgan afg‘on bolalari. Videodan kadr / AP
 Gayan qishlog‘ida zilziladan vafot etganlar jasadi atrofida yig‘ilib turgan mahalliy aholi. Paktika provinsiyasi. Foto/ AP / Ibragim Nuruzi
Tabiiy ofatdan jabrlanganlar uchun yuborishga tayyorlangan, birinchi yordam mahsulotlari joylashtirilgan yuk mashinalari kolonnasi. Islomobod, Pokiston. Foto/ AP
Zilziladan vayron bo‘lgan uylarga qarab turgan afg‘onlar. Foto/ IA «Baxtar» AP orqali
Tabiiy ofatdan keyin uyi vayronalari ustida o‘tirgan afg‘on kishisi. Gayan qishlog‘i, Paktika. Foto/ AP / Ibragim Nuruzi

 

Mavzuga oid