Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yevrokomissiya Kaliningradga yuk olib o‘tishga ruxsat berishi mumkin
Avvalroq Litva Yevropa ittifoqi sanksiyalari ostiga tushgan katta ro‘yxatdagi tovarlarning Kaliningrad oblastiga olib o‘tilishini to‘xtatgandi.
Latviyalik Yevroparlament deputati Pyatras Aushtryavichyus Yevrokomissiya YeI mamlakatlari orqali Rossiyadan Kaliningrad oblastiga sanksiyalar ostidagi mahsulotlarni olib o‘tishga ruxsat beruvchi hujjatni tayyorlaganini ma’lum qildi.
«Sanksiya ostidagi yuklarni YeI hududi orqali "Rossiyadan Rossiyaga" olib o‘tishga ruxsat beruvchi hujjat dunyoga keldi. Bu ma’lumot Litvaga yuborildi. Hujjatda Litva tilga olinmagan, ammo u Litvaga tegishliligi tushunarli»,— deb yozdi Pyatras Aushtryavichyus Facebook sahifasida.
U shuningdek, YeIni «ilgari kelishilgan pozitsiyada turishga va Rossiya bosimiga yon bermaslikka» chaqirdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Litva bu qarorga veto qo‘yishi mumkin.
18 iyunga o‘tar kechasi Litva temiryo‘llari Yevropa ittifoqi sanksiyalari ostiga tushgan katta ro‘yxatdagi tovarlarning Kaliningrad oblastiga tranzit qilinishini to‘xtatdi.
Rossiya xavfsizlik kengashi kotibi Nikolay Patrushev Rossiya bu qarorga nisbatan javob choralarini ko‘rishini aytgan.
Mavzuga oid
19:13 / 23.05.2025
Litva 1 iyundan Rossiyaning nobiometrik xorijga chiqish pasportini tan olmaydi
19:20 / 19.05.2025
Litva Belarus ustidan BMT Xalqaro sudiga da’vo kiritdi
11:42 / 07.05.2025
Serbiya OAV: Latviya va Litva Vuchichning samolyotini o‘tkazmaydi
23:04 / 16.04.2025