Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bayden Rossiyadan keltiriladigan ayrim mahsulotlarga boj to‘lovini oshirdi
AQSh shuningdek, Belarusdan keltiriladigan mahsulotlarga ham boj to‘lovlarini oshiradi.
Rossiyadan AQShga olib kiriladigan yuzlab pozitsiyadagi ayrim mahsulotlarga 30 kundan so‘ng import bojlari joriy etiladi. Ayrim mahsulotlarga boj to‘lovlari miqdori 35 foizgacha oshiriladi. Bu haqda AQSh prezidenti Jo Baydenning tegishli farmonida ma’lum qilindi.
Qayd etilishicha, «olib kirilishi taqiqlanmagan, oqlangan va AQSh tashqi siyosiy manfaatlariga mos keladigan» mahsulotlarga nisbatan boj to‘lovlari oshiriladi. Hujjatda aynan qaysi mahsulotlar ushbu toifaga kiritilishi aytilmagan.
AQSh shuningdek, Belarusdan keltiriladigan mahsulotlarga ham boj to‘lovlarini oshiradi. Ushbu qaror Rossiya va Belarus bilan me’yordagi savdo munosabatlari to‘xtatilgani bilan izohlangan.
Avvalroq Oq uy Rossiyadan AQShga neft va neft mahsulotlari, gaz, ko‘mir, dengiz mahsulotlari, alkogol, nosanoat olmoslari eksport qilinishini taqiqlagandi.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
11:00 / 28.05.2025
AQSh dunyo bo‘ylab xorijiy talabalar uchun viza suhbatlarini to‘xtatmoqda
09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti
22:46 / 27.05.2025