Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Uzbekistan Airports Toshkent xalqaro aeroportida bagaj aravalari bilan bog‘liq muammoga izoh berdi
Uzbekistan Airports bagaj aravalari bilan bog‘liq vaziyat bo‘yicha rasmiy bayonot berdi.

Foto: Kun.uz
Toshkent xalqaro aeroportida yuk aravachalari bilan bog‘liq muammo kuzatilmoqda. Bu haqda Uzbekistan Airports xabar berdi.
Qayd etilishicha, vaziyat aeroportni bagaj aravachalari bilan ta’minlab kelgan «Abadiya Trade» kompaniyasi tomonidan shartnoma bir tomonlama bekor qilinishi munosabati bilan yuzaga kelgan.
Ayni paytda Uzbekistan Airports Handling kompaniyasi Toshkent xalqaro aeroporti uchun yangi yuk aravalar xarid qilish orqali muammoni hal qilish choralarini ko‘rayotgani aytiladi.
Bildirilishicha, yaqin kunlarda aeroportga 1000 ta yangi yuk aravalari yetkazib berilishi kutilmoqda. Unga qadar aeroport xodimlari yo‘lovchilarga, ayniqsa ayollar va yoshi katta yo‘lovchilarga og‘ir yuklarni tashishda yordam beradi.
Uzbekistan Airports boshqaruv kompaniyasi yuzaga kelgan noqulayliklar uchun yo‘lovchilardan uzr so‘ragan va muammoni imkon qadar tezroq hal etishga va’da bergan.
Mavzuga oid

18:21 / 18.05.2025
Ispaniyada yuzlab boshpanasizlar aeroportni «egallab oldi»

10:30 / 15.05.2025
Rossiya aeroportlari 2025 yilda dronlar tufayli 217 marta yopildi

17:48 / 13.05.2025
Mo‘g‘ulistonning Hunnu Air aviakompaniyasi O‘zbekistonga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi

14:19 / 01.05.2025