Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston Xitoy va Rossiyadan 5 mlrd dollarlik mahsulotlar sotib oldi
O‘zbekiston importidagi yetakchi 10 ta davlat ma’lum qilindi. Davlat statistika qo‘mitasi tegishli xabar bilan chiqdi.
Qo‘mita ma’lumotlariga ko‘ra, 2022 yilning yanvar-may oylarida O‘zbekiston importida yuqori ulushga ega bo‘lgan hamkor davlatlar orasida Xitoy yetakchilik qilmoqda – 2,7 mlrd dollar.
Keyingi o‘rinlardan mos ravishda 2,3 mlrd dollar va 1,3 mlrd dollarlik mahsulotlar olib kelingan Rossiya va Qozog‘iston joy oldi.
Ushbu ko‘rsatkich qolgan davlatlar kesimida quyidagicha ko‘rinishga ega:
- Koreya – 1,1 mlrd;
- Turkiya – 698,5 mln;
- Germaniya – 465 mln;
- Turkmaniston – 260 mln;
- Hindiston – 249 mln;
- AQSh – 192 mln;
- Braziliya – 170 mln AQSh dollari.
Bundan oldin O‘zbekiston mahsulotlari ko‘proq qaysi xorijiy davlatlarga sotilayotgani ma’lum bo‘lgandi.
2022 yilning yanvar-may oylarida O‘zbekiston eksportida yuqori ulushga ega bo‘lgan hamkor davlatlar orasida Xitoy yetakchilik qilmoqda – 1,05 mlrd dollar.
Mavzuga oid
10:40 / 28.05.2025
Oliy ta’lim tashkilotlarida qancha talaba tahsil olayotgani aytildi
11:13 / 27.05.2025
Qaysi hududda eng ko‘p nikoh qayd etilgani aytildi
13:07 / 26.05.2025
34 yilda umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari soni qanchaga oshgani aytildi
11:21 / 23.05.2025