Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda xonadonlardan biriga o‘g‘rilikka tushgan jinoiy guruh a’zolari ushlandi (video)
2021 yilning 3 dekabr kuni bir necha fuqaro Yunusobod tumanidagi xonadonga g‘ayriqonuniy ravishda kirib, 1961 yilda tug‘ilgan xonadon egasi og‘zi va qo‘llarini skoch bilan bog‘lab, 1 million so‘mlik seyfni va uning ichida bo‘lgan 15 000 dollar miqdoridagi pullarni olib chiqib ketgan.
Toshkent shahar IIBB xabariga ko‘ra, jinoyatchilar voqea joyidan yashirinish uchun xonadonga yetib kelgan jabrlanuvchi qizlarini pichoq bilan qo‘rqitib, ular minib kelgan “Jyentra” rusumli mashinani olib qochgan.
Ushbu jinoiy guruh qisqa vaqt ichida Toshkent shahar IIBB xodimlari tomonidan ushlangan.
Fuqarolar: 1978 yilda tug‘ilgan T., 1986 yilda tug‘ilgan O., 1988 yilda tug‘ilgan B., 1991 yilda tug‘ilgan M., 1991 yilda tug‘ilgan A., 1997 yilda tug‘ilgan A., 1998 yilda tug‘ilgan M., 2000 yilda tug‘ilgan D.ga Jinoyat kodeksi 164-moddasi va 267-moddasi bilan ayb e’lon qilinib, qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llangan.
Hozirda jinoyat ishi o‘rnatilgan tartibda ko‘rib chiqish uchun jinoyat ishlari bo‘yicha Yunusobod tumani sudiga yuborilgan.
Mavzuga oid
22:06 / 13.05.2025
Toshkentdagi ko‘chalardan biri avtomobillar harakati uchun 2 kunga yopiladi
09:41 / 05.05.2025
«Yunusobod» bozorining bir qismida rekonstruksiya ishlari boshlandi
07:30 / 21.04.2025
Toshkentda ilk jamoatchilik yashil parki ochiladi
20:04 / 18.04.2025