Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kaliningradga Litva orqali yuk olib o‘tish bir necha kundan so‘ng tiklanishi mumkin - Reuters
Qayd etilishicha, hozirda Kaliningradni sanksiyaviy rejimdan chiqarish bo‘yicha muzokaralar ketmoqda.
Kaliningradga Litva orqali yuk olib o‘tish bir necha kundan so‘ng tiklanishi mumkin, deb xabar berdi Reuters agentligi o‘z manbalariga tayanib.
Agentlikning yozishicha, YeI Vilnyus bilan bu borada murosaga kelmoqda.
«Yevropalik amaldorlar Boltiqbo‘yi davlati bilan murosaga kelayotgani bois Rossiyaning Kaliningrad eksklavi bilan Litva orqali savdo bir necha kun ichida iziga tushishi mumkin», — deb yozadi agentlik.
Qayd etilishicha, hozirda Kaliningradni sanksiyaviy rejimdan chiqarish bo‘yicha muzokaralar ketmoqda.
18 iyunga o‘tar kechasi Litva temiryo‘llari Yevropa ittifoqi sanksiyalari ostiga tushgan katta ro‘yxatdagi tovarlar tranzitini to‘xtatib qo‘ydi.
Rossiya xavfsizlik kengashi Litvani javob choralari haqida ogohlantirdi.
Mavzuga oid
19:13 / 23.05.2025
Litva 1 iyundan Rossiyaning nobiometrik xorijga chiqish pasportini tan olmaydi
19:20 / 19.05.2025
Litva Belarus ustidan BMT Xalqaro sudiga da’vo kiritdi
11:42 / 07.05.2025
Serbiya OAV: Latviya va Litva Vuchichning samolyotini o‘tkazmaydi
23:04 / 16.04.2025