«Vatan tayanchi» jamg‘armasi tashkil etildi
Vazirlar Mahkamasining «Vatan tayanchi» bolalar va o‘smirlar harbiy-vatanparvarlik harakatini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida»gi qarori qabul qilindi.
Norma’ning yozishicha, prezidentning «Vatan tayanchi» bolalar va o‘smirlar harbiy-vatanparvarlik harakati faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida»gi qarori bilan «Vatan tayanchi» bolalar va o‘smirlar harbiy-vatanparvarlik harakatini rivojlantirish jamg‘armasi tashkil etilgan.
Nizom bilan jamg‘arma mablag‘larini shakllantirish manbalari va ulardan foydalanish tartibi belgilandi. Jamg‘arma mablag‘lari quyidagilar hisobiga shakllantiriladi:
- davlat organlari va tashkilotlari, shu jumladan, Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish bo‘yicha dasturlar, «yo‘l xaritalari» doirasida belgilangan tartibda ajratiladigan mablag‘lar;
- «Vatan tayanchi» harakati vaqtincha bo‘sh mablag‘larini davlat ulushi bo‘lgan tijorat banklari depozitlariga joylashtirishdan tushadigan tushumlar;
- yuridik va jismoniy shaxslar, shu jumladan, O‘zbekiston norezidentlari homiylik xayriyalari;
- xalqaro tashkilotlar va moliya institutlari, shuningdek, boshqa xorijiy donorlar grantlari;
- qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Jamg‘arma mablag‘larni quyidagilarga sarflash huquqiga ega:
- o‘quvchi yoshlarga har tomonlama ta’lim-tarbiya berish maqsadida umumta’lim maktablarida amaliy va texnik yo‘nalishdagi to‘garaklar faoliyatiga;
- «Vatan tayanchi» harakatini saqlash, moddiy-texnika bazasini rivojlantirish va mustahkamlashga;
- konferensiyalar, amaliy mashg‘ulotlar, treninglar, shuningdek, madaniy-ma’rifiy, ommaviy-madaniy va boshqa tadbirlar o‘tkazishga.
Mavzuga oid
08:40 / 18.09.2024
Qishloq xo‘jaligini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi vazifalari aniqlashtirildi
07:53 / 06.08.2024
Adenauer jamg‘armasi Rossiyada «nomaqbul» deb tan olindi
09:52 / 19.07.2024
Rossiyada Karnegi jamg‘armasi «nomaqbul tashkilot» deb tan olindi
08:42 / 20.06.2024