Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Lukashenko Minskka qarshi qaror chiqaruvchi markazlarni nishonga olishga buyruq berganini aytdi
Aleksandr Lukashenkoning so‘zlariga ko‘ra, agar Minskning dushmanlari "o‘zlari rejalashtirgandek Gomel, Mozir neft zavodi, Luninetsdagi aerodrom yoki Brestga zarba berishga urinadigan bo‘lsa, bir soniya ichida javob qaytariladi".
Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko harbiylarga Minskka qarshi qaror qabul qiluvchi markazlarni nishon ostiga olishga buyruq berganini aytdi.
"Qirg‘iylar"ni ogohlantirmoqchiman va ochiqchasiga aytaman: bir oycha oldin qurolli kuchlar bo‘linmalariga poytaxtlaringizdagi qaror qabul qiluvchi markazlarni nishon ostiga olishga buyruq berganman", - dedi Lukashenko mamlakat mustaqillik kuniga bag‘ishlangan tantanali yig‘ilishda.
Uning so‘zlariga ko‘ra, agar Minskning dushmanlari "o‘zlari rejalashtirgandek Gomel, Mozir neft zavodi, Luninetsdagi aerodrom yoki Brestga zarba berishga urinadigan bo‘lsa, bir soniya ichida javob qaytariladi".
"Bizda javob qaytaradigan narsalar bor. Men bunga allaqachon tayyorgarlik ko‘rganman. Sizlar to‘laligicha "Polonez" raketalari nishonidasiz. Men kim ofisda, kim saroyda ekaniga qarab o‘tirmayman. Keskin va qat’iy javob qaytaramiz", - deb ta’kidladi Lukashenko.
Mavzuga oid
12:14 / 24.05.2025
G‘oyib bo‘lgan Belarus muxolifat spikeri maxsus xizmatlar bilan aloqada gumonlanyapti
19:20 / 19.05.2025
Litva Belarus ustidan BMT Xalqaro sudiga da’vo kiritdi
20:28 / 07.05.2025
Lukashenko 8 ming mahkumga amnistiya qo‘llash to‘g‘risidagi qonunni imzoladi
10:14 / 01.05.2025