Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya chegarani kesib o‘tishga joriy etilgan kovid cheklovlarni bekor qiladi
2020 yil martda koronavirus pandemiyasi fonida Rossiyaning quruqlikdagi chegarasini kesib o‘tishga cheklovlar joriy etilgandi.
Rossiyada 15 iyuldan mamlakat chegarasini kesib o‘tishga qo‘yilgan barcha cheklovlar olib tashlanadi, deb ma’lum qildi koronavirus infeksiyasiga qarshi kurash bo‘yicha tezkor shtab.
2020 yil martda koronavirus pandemiyasi fonida Rossiyaning quruqlikdagi chegarasini kesib o‘tishga cheklovlar joriy etilgandi. Mamlakatga samolyot yoki dengiz orqali keluvchi xorijliklar uchun cheklovlar 14 iyun kuni bekor qilingandi.
Ma’lum qilinishicha, 15 iyuldan Belarus fuqarolari uchun Rossiyaga uchib kelganda PZR-test natijasini taqdim etish talabi ham bekor bo‘ladi.
Boshqa mamlakatlar fuqarolaridan PZR-test natijasini talab qilish tartibi saqlanib qoladi.
Mavzuga oid
08:40 / 13.05.2025
Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti MH17 halokati uchun Rossiyani javobgar deb topdi
17:02 / 12.05.2025
Rossiyada xorijliklarga tibbiy yordam ko‘rsatish tartibi o‘zgaradi
14:54 / 12.05.2025
Rossiya TIV: Avval Istanbuldagi muzokaralar, keyin - sulh mavzusi
13:00 / 12.05.2025