Jamiyat | 08:47 / 05.07.2022
12973
2 daqiqa o‘qiladi

Buxoroda noqonuniy ravishda 10 ming dollarga yer sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

Buxoroda yer savdosi bilan bog‘liq firibgarlik holati aniqlandi.

Foto: Buxoro viloyati IIB

Buxoro viloyat huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro H.R. fuqaro R. ga Shofirkon tumani «Tezguzar» MFY hududida tomorqa xo‘jaligi uchun ajratilgan 16 sotix yer maydonini boshqa bir fuqaro N.ga tanishlari orqali uy-joy qurish uchun rasmiylashtirib berish evaziga 10 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Yana bir o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqaro X.J. boshqa bir fuqaro J.ning ishonchiga kirib, unga Buxoro shahri Alpomish ko‘chasida joylashgan 10 sotix bo‘sh yer maydonini uy-joy qurish uchun uning nomiga rasmiylashtirib berish evaziga 35 000 AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritganligi aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan ushbu fuqarolarga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi va 28, 211-moddasi bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Mavzuga oid