Jamiyat | 08:08 / 05.07.2022
7929
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda qoidalarni qo‘pol ravishda buzgan avtobus haydovchilariga chora ko‘rildi

Ijtimoiy tarmoqda tarqalgan videolar o‘rganilib, qoidabuzar avtobus haydovchilariga chora ko‘rildi.

Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati Toshkent shahrida qoidalarni qo‘pol ravishda buzib harakatlangan ikki avtobus haydovchilariga chora ko‘rilgani haqida ma’lumot berdi.

Ijtimoiy tarmoqda Isuzu avtobusi haydovchisi transport vositalarining oqimiga qarama-qarshi tarzda harakatlanganligi hamda SAZ LE60 rusumli avtobus haydovchisi svetoforning taqiqlovchi qizil chirog‘ida harakatlanganligi aks etgan videolar tarqaldi.

Videolar Toshkent shahar IIBB JXX YHXB xodimlari tomonidan o‘rganilib, ushbu Isuzu hamda SAZ LE60 avtobus haydovchilariga nisbatan belgilangan tartibda ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilgan.

Mavzuga oid