Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkmaniston Qoraqalpog‘istondagi vaziyat bo‘yicha ko‘rilayotgan choralarni qo‘llab-quvvatladi
Turkmaniston Tashqi ishlar vazirligi Qoraqalpog‘istonda bo‘lib o‘tgan tartibsizliklar yuzasidan xavotir bildirdi.
Vazirlik rasmiy saytidagi bayonotda turkman tomoni O‘zbekiston rahbariyatining “konstitutsion tuzum va huquq-tartibotni himoya qilish, fuqarolar xavfsizligi va osoyishtaligini muhofaza qilish bo‘yicha o‘z vaqtida amalga oshirilgan qat’iy harakatlarini qo‘llab-quvvatlashi” ta’kidlangan.
“Ishonchimiz komilki, xalqning ko‘p asrlik donishmandligi, tajribasi va uzoqni ko‘ra olishi yuzaga kelgan qiyinchiliklarni yengib o‘tishga, O‘zbekiston Respublikasining izchil va barqaror rivojlanishi, davlat va jamoat institutlari barqarorligini ta’minlashga xizmat qiladi.
O‘zbekiston bilan qardoshlik, do‘stlik va mustahkam hamkorlik rishtalari bilan bog‘langan yaqin qo‘shni sifatida Turkmaniston ushbu mamlakatga zarur ko‘mak ko‘rsatishga va hamkorlik qilishga tayyor”, – deyiladi Turkmaniston TIV rasmiy relizida.
Mavzuga oid
14:25 / 08.05.2025
O‘zbekiston va Turkmaniston tovar ayirboshlash hajmini 2 mlrd dollarga yetkazishga kelishib oldi
17:26 / 29.04.2025
Turkmaniston prezidenti Ochilboy Ramatov bilan uchrashdi
18:14 / 24.04.2025
Shavkat Mirziyoyev va Gurbanguli Berdimuhamedov birgalikda daraxt ekib, «Zamonlar sadosi» ko‘rgazmasi bilan tanishdi
14:31 / 24.04.2025