Jamiyat | 13:54 / 06.07.2022
22984
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkent viloyatidan “meros” bo‘lib o‘tgan 7 yillik muammoni poytaxt IIBB boshlig‘i 1 kunda hal qildi

Toshkent viloyati O‘rta Chirchiq tumani Qumovul mahallasi Furqat ko‘chasi aholisini uzoq yillardan buyon bir muammo qiynab kelardi. Ko‘chaga kirib chiqishdagi mantiqsiz va xavfli yo‘l kesishmasi haqida avvalroq Kun.uz yozgan edi.

O‘sha vaqtda maqola e’lon qilingach, yo‘lning beton to‘siqlari aholiga qulaylik yaratish emas, aksincha ularning ahvolini yanada og‘irlashtirishga xizmat qiladigan qilib qo‘yilgan edi.

TOiwuHU6uTS-J0-P9V_HQZnDhQvp1dRN.jpg (1147×679)

O‘tgan davr mobaynida mazkur mahalladan murojaatlar tingani yo‘q. Hatto bir gal Bektemir tumani to‘rtligi rahbarlari o‘tkazgan sayyor qabulda ham aholining e’tirozlari inobatga olinmagandi.

Toshkent shahar IIBB axborot xizmati rahbari Nilufar Isaxanova orqali poytaxt IIBB boshlig‘i Aziz Toshpo‘latovning shaxsan nazoratiga olingan muammoni hal qilish bo‘yicha mas’ullarga 5 iyul kuni berilgan ko‘rsatma oradan 1 kun o‘tib, 6 iyul kuni to‘la ado etildi. Aholining o‘zlari yashaydigan ko‘chaga kirishini cheklovchi beton to‘siqlar maxsus texnikalar yordamida olib tashlanib, zarur yo‘l belgilari o‘rnatildi. Shu bilan 7 yillik muammo barham topdi.

Foto: Toshkent shahar IIBB axborot xizmati
Foto: Toshkent shahar IIBB axborot xizmati
Foto: Toshkent shahar IIBB axborot xizmati
Foto: Toshkent shahar IIBB axborot xizmati
Foto: Toshkent shahar IIBB axborot xizmati

Eslatib o‘tamiz, bu ko‘cha 2015 yilda qisqa muddat ichida, shoshma-shosharlik bilan ta’mirlangan edi. O‘sha vaqtda vaqtincha o‘zgartirilgan harakatlanish tartibi shundayligicha qolib ketgan, bundan aholi o‘zlari yashaydigan ko‘chaga kirib chiqishda qiynalib kelayotgandi.

Mavzuga oid