Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bayram kunlari elektr va gaz ta’minotida uzilishlar bo‘lmaydi - Energetika vazirligi
Ta’kidlanishicha, energiya ta’minotidagi favqulodda holatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish uchun tun-u kun ishlovchi avariyaga qarshi brigadalar tashkil etilgan.
Energetika vazirligi hayit kunlari iste’molchilarni energiya resurslari bilan barqaror ta’minlash choralari ko‘rilganini ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, O‘zbekistonda Qurbon hayiti nishonlanadigan kunlarda:
- elektr stansiyalar, neft va gaz obektlarining shtat rejimida ishlashi ta’minlanadi;
- buning uchun esa elektr tarmoqlarida favqulodda holatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish maqsadida hududlar bo‘ylab tun-u kun ishlovchi avariyaga qarshi 227 ta brigada tashkil etilgan;
- iste’molchilarga tabiiy va suyultirilgan gaz yetkazib berish sifatini yaxshilash maqsadida tun-u kun ishlaydigan avariyaga qarshi 244 ta brigada tashkil etilgan;
- yurtimizdagi 2 mingga yaqin jome masjidlarining energiya resurslari ta’minoti holati nazoratga olingan;
- bayram tadbirlari bo‘lib o‘tadigan joylardagi elektr va gaz ta’minoti nazoratga olingan.
Vazirlik xabarida iste’molchilarga elektr energiyasi ta’minotiga oid masalalar yuzasidan 11-54 qisqa raqami yoki Telegram orqali tizim administratoriga, shuningdek, tabiiy va suyultirilgan gaz ta’minoti bo‘yicha esa 1104 qisqa raqami, (71) 200-08-04 ishonch telefoni yoki Facebook’dagi guruh orqali xabar berishlari mumkinligi eslatilgan.
Avvalroq Sog‘liqni saqlash vazirligi Qurbon hayiti va qo‘shimcha dam olish kunlarida ham tibbiyot muassasalari tun-u kun ishlashi, 40 ming nafar tibbiyot tizimi xodimi qonunda belgilangan tartibda, navbatchilik asosida aholiga xizmat ko‘rsatishini ma’lum qilgandi.
Eslatib o‘tamiz, hayit munosabati bilan o‘zbekistonliklar ish haftasining turidan qat’i nazar, 4 kun dam olishadi. Prezident farmoniga muvofiq, 2022 yil iyul oyida quyidagicha qo‘shimcha dam olish kunlari belgilangan:
- 9 iyul (shanba) – Qurbon hayiti bayrami;
- 10 iyul (yakshanba) – odatiy dam olish kuni;
- 11 iyul (dushanba) – barcha uchun qo‘shimcha dam olish kuni;
- 12 iyul (seshanba) – 6 kunlik ish haftasida ishlaydiganlar uchun qo‘shimcha dam olish kuni, 5 kunlik ish haftasida ishlaydiganlar uchun 16 iyul (shanba)dan ko‘chirilgan dam olish kuni.
Mavzuga oid
18:43 / 24.05.2025
Fransiyada yirik blekaut yuz berdi
11:02 / 23.05.2025
4 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan metan zapravka aniqlandi
13:37 / 07.05.2025
Yevropa komissiyasi Rossiya gazidan voz kechish rejasini taqdim etdi
13:48 / 06.05.2025