Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Prezident Qoraqalpog‘iston aholisining tibbiy himoyasini kuchaytirish bo‘yicha qaror imzoladi
Qoraqalpog‘istonda to‘rtta yangi shifoxona tashkil etiladi. Sog‘liqni saqlash vazirining Orolbo‘yi mintaqasida tibbiy xizmat bo‘yicha o‘rinbosari lavozimi joriy etildi.
O‘zbekiston prezidenti “Qoraqalpog‘iston Respublikasida 2022–2024 yillarda aholi salomatligini muhofaza qilishni yanada kuchaytirish to‘g‘risida” qaror imzoladi.
“Nigoh” Telegram-kanali xabariga ko‘ra, qarorga asosan Qoraqalpog‘istonda quyidagilar tashkil etiladi:
- surunkali kasalligi va nogironligi mavjud bo‘lgan bolalar uchun 120 o‘rinli Bolalar tibbiy reabilitatsiya markazi;
- 80 o‘rinli Bolalar ftiziatriya sanatoriysi;
- Nukus shahar tibbiyot birlashmasi tarkibida 20 o‘rinli xirurgiya bo‘limi;
- Qoraqalpog‘iston Respublikasi ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining xirurgiya bo‘limi negizida akademik V. Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Nukus filiali;
- Nukus shahar tibbiyot birlashmasi tarkibida mavjud o‘rinlar doirasida umidsiz og‘ir bemorlar uchun 20 o‘rinli palliativ yordam ko‘rsatadigan bo‘lim (hospis).
Shuningdek, sog‘liqni saqlash vazirining Orolbo‘yi mintaqasida tibbiy xizmat bo‘yicha o‘rinbosari lavozimi joriy etildi.
2022 yil 1 iyuldan leprozoriylarda ishlaydigan barcha xodimlarning lavozim maoshiga 50 foiz miqdorida ustama belgilanadi.
Eslatib o‘tamiz, prezident shu hafta Nukusda texnopark tashkil etilishi bo‘yicha ham qaror imzoladi.
Mavzuga oid
09:49 / 23.05.2025
Ayrim shifokorlarga qo‘shimcha ustamalar to‘lanadi
10:46 / 22.05.2025
Ayrim shifokorlarning oylik lavozim maoshlari 20 foizga oshiriladi
13:10 / 13.05.2025
Kuvaytlik shifokorlar Qoraqalpog‘istonda jarrohlik amaliyotlarini o‘tkazdi
15:23 / 07.05.2025