Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ilon Mask Twitter'ni sotib olishdan bosh tortdi
Ijtimoiy tarmoq uni sudga beradi.
Amerikalik milliarder Ilon Mask Twitter ijtimoiy tarmog‘ini sotib olish fikridan qaytganini ma’lum qildi. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.
Maskning yuristlari bergan izohda aytilishicha, Twitter tarmoqdagi soxta akkauntlar va spam-botlar haqida yuborilgan “ko‘plab so‘rovlarga javob bera olmagan yoki javob berishdan bosh tortgan”.
Shuningdek, xaridor tomonning da’vosicha, tarmoq yuqori lavozimli rahbarlarini va iqtidorlarni tanlab oluvchi guruhning uchdan birini ishdan bo‘shatib yuborgan.
Shu omillar sabab biznesmen 44 mlrd dollarlik xarid bo‘yicha shartlarning bir nechtasi Twitter tomonidan buzilgan deb hisoblamoqda.
Bu yangilik ortidan Twitter aksiyalari 7 foizga arzonladi.
Bunga javoban Twitter direktorlar kengashi raisi Bret Teylor Ilon Maskni sudga berishini ma’lum qildi.
“Twitter direktorlar kengashi Mask bilan kelishilgan summa va shartlarda savdoni yakunlamoqchi”, – dedi Teylor.
Kelishuv shartlarida, xaridni amalga oshirish barbod bo‘lgan taqdirda Mask 1 mlrd so‘m jarima to‘lashi lozimligi belgilangan.
Mavzuga oid
09:43 / 28.05.2025
SpaceX'ning Starship kemasi to‘qqizinchi sinov parvozi muvaffaqiyatsiz tugadi
22:45 / 27.05.2025
Yevropada Tesla elektromobillari savdosi quladi
22:00 / 24.05.2025
Ilon Mask siyosatdan uzoqlashishga qaror qilgani sababi ma’lum bo‘ldi
18:44 / 22.05.2025