Jahon | 22:32 / 09.07.2022
12013
1 daqiqa o‘qiladi

Shri-Lankada namoyishchilar bosh vazirning qarorgohiga o‘t qo‘yishdi

Avvalroq mamlakat bosh vaziri Ranil Vikremesingxe iste’foga chiqishini ma’lum qilgandi.

Foto: ANI

Shri-Lankada namoyishchilar bosh vazir Ranil Vikremesingxening qarorgohiga o‘t qo‘yishdi, deb xabar berdi Newswire nashri.

"Namoyishchilar bosh vazir Ranil Vikremesingxening qarorgohiga bostirib kirishdi va unga o‘t qo‘yishdi", — deyiladi xabarda.

Vikremesingxening o‘zi qayerdaligi va qanday holatdaligi haqida ma’lumot berilmagan.

Avvalroq Ranil Vikremesingxe iste’foga chiqishini ma’lum qilgandi.

9 iyul kuni Shri-Lanka prezidenti Gotabaya Rajapaksadan o‘z lavozimini tark etishni talab qilgan bir guruh namoyishchilar uning qarorgohiga bostirib kirdi. Reuters xabariga ko‘ra, minglab namoyishchilar politsiya barrikadalarini buzib o‘tgan, ularning bir qismi binoga kirgan.

Prezident evakuatsiya qilingan va OAV xabar qilishicha, Shri-Lankani tark etgan bo‘lishi mumkin.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid