Jahon | 18:39 / 12.07.2022
13240
1 daqiqa o‘qiladi

Eron Rossiyaga jangovar dronlar yetkazib berishi to‘g‘risidagi xabarni rad etdi

Avvalroq Vashington Tehron Moskvaga dronlar yetkazib berishga tayyorligini bildirgandi.

Foto: AP

Eron tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Nosir Kanoniy oxirgi vaqtda Rossiya va Eron zamonaviy texnologiyalar sohasida hamkorlik qilmayotganini ma’lum qildi.

«Eron Islom Respublikasining Rossiya bilan ayrim zamonaviy texnologiyalar sohasidagi hamkorligi Ukrainada harbiy harakatlar boshlanishidan oldingi davrga to‘g‘ri keladi va so‘nggi vaqtda bu sohada rivojlanish kuzatilmayapti», — dedi u.

AQSh prezidentining xavfsizlik masalalari bo‘yicha maslahatchisi Jyeyk Sallivanning Eron Rossiyaga Ukrainadagi urushda foydalanish uchun yuzlab uchuvchisiz uchish qurilmalari yetkazib bermoqchiligini aytgandi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Eron hukumati Rossiyaga tezlashtirilgan muddatda bir necha yuz uchuvchisiz uchish qurilmalari, jumladan qurol olib yurishga mo‘ljallangan apparatlarni ham yetkazib berishni rejalashtirmoqda.

«Bizning ma’lumotlarga ko‘ra, Eron rossiyalik harbiylarni bunday dronlardan foydalanishga o‘qitishga ham tayyor», degan Sallivan.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid