Qibrayda 3 gektar yerni 350 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi
Toshkent viloyatining Qibray tumanida 3 gektar yerni 350 000 AQSh dollariga sotmoqchi bo‘lgan firibgarlar ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar bermoqda.

Foto: Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti
Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Toshkent viloyati boshqarmasi tomonidan Davlat xavfsizlik xizmati va Ichki ishlar vazirligi xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Unda, fuqaro F.S. va O.K. o‘zaro til biriktirib, Qibray tumanidagi 3 gektar yer maydonini fuqaro G.ga issiqxona tashkil etish uchun tanishlari orqali 350 000 AQSh dollari evaziga rasmiylashtirib berishni va’da qilib, shundan 10 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Mahkama e’lon qilgan xabarda aytilishicha, hozirgi vaqtda tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid

19:20 / 25.04.2025
Qibrayda ichimlik suvi quvuri ustidan ariq tortilmoqda

13:48 / 18.04.2025
Hududlarda yer sotish bilan bog‘liq noqonuniy holatlar aniqlandi

16:12 / 31.03.2025
Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarni ijaraga berish tartibi o‘zgartirildi

11:13 / 31.03.2025