Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sirdaryoda yashovchi fuqaroda chorva mollaridan yuqadigan xavfli kasallik qayd etildi
Sardoba tumani «Zomin» MFY Havotog‘ qishlog‘ida yashovchi fuqaroda A-22 kasalligi qayd qilingan.
Sirdaryo viloyati sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasi axborot xizmatining xabar berishicha, Sardoba tumani «Zomin» MFY Havotog‘ qishlog‘ida yashovchi fuqaroda xalqaro kasalliklar klassifikatsiyasi (MKV-10) bo‘yicha A-22 deb ataluvchi xavfli kasallik aniqlangan.
A-22 faqat shu kasallik bilan kasallangan yirik va mayda shoxli qoramollarni so‘yish jarayonida hamda xom go‘sht bilan muloqot jarayonida odamga yuqadi. U odamdan odamga yuqmaydi.
Hozirda Sardoba tuman “Zomin” MFY hududidagi barcha yirik va mayda shoxli mollarda kasallikka qarshi veterinariya xodimlari tomonidan emlash ishlari olib borilgan.
Qayd etilishicha, 8 iyuldan 18 iyulgacha davom etadigan karantin choralari faqat yirik va mayda shoxli qoramollarga tatbiq qilinadi. Hozirda epidemiologik vaziyat barqaror, xavotirga o‘rin yo‘q.
Mavzuga oid
08:13 / 27.05.2025
Haj ziyoratiga yuborishga uringan shaxslar ushlandi
15:06 / 15.05.2025
O‘zbekiston Afg‘onistondan chorva mollarini import qilishi mumkin
17:59 / 18.04.2025
«Esingiz borida etagingizni yopib oling» - Turdimov xususiy korxonalar rahbarlarini soliqdan qochmaslikka chaqirdi
17:39 / 28.02.2025