Yevro va dollar kursi 20 yil ichida birinchi marta tenglashdi
Yevro va dollar 2002 yildan beri birinchi marta tenglashdi. Yevropa markaziy banki Yevropa valutasining qulashi oldini olish uchun kreditlar bo‘yicha foiz stavkalarini oshirishda davom etadi.
20 yil ichida birinchi marta ikki yirik jahon valutasi paritetga keldi: 12 iyul, seshanba kuni yevroni 1,00003 AQSh dollari narxida sotib olish mumkin bo‘ldi.
Yagona Yevropa valutasi yil davomida asta-sekin arzonlashdi va iyun oyida uning narxi keskin tushib ketdi. Mutaxassislar buni Ukrainadagi urush oqibatlari va «Shimoliy oqim 1» gaz quvurining rejali texnik xizmat ko‘rsatish uchun to‘xtatilishi fonida Rossiya gazi narxining oshishi bilan bog‘lashmoqda.
Yevropalik iste’molchilar endi import qilinadigan tovarlar uchun ko‘proq to‘lashlari kerak bo‘ladi, Yevropa eksporti esa xalqaro bozorlarda yanada jozibador bo‘ladi.
Yevropa markaziy banki kredit stavkalarini oshirdi hamda inflatsiyani jilovlash uchun buni davom ettirishni rejalashtirmoqda. Biroq, AQSh Federal zaxira tizimi (FZT) shunga o‘xshash choralarni ancha tezroq amalga oshirmoqda, bu esa dollarning mustahkamlanishiga yordam beryapti. Dollar va yevro oxirgi marta 2002 yilda Yevropa banknotlari va tangalari chiqarilgandan so‘ng teng qiymatda bo‘lgan edi.
Mavzuga oid
21:33 / 29.10.2024
Oltinga qiziqishning oshayotgani dollar dominantligiga soya soladi - FT
19:36 / 24.10.2024
Qozondagi sammitda BRIKSning ramziy kupyurasi ko‘rsatildi. U ramziyligicha qoladimi?
11:30 / 17.10.2024
Toshkentda 3 ming dollar evaziga bankdan 100 ming dollar olib berishni va’da qilgan shaxs ushlandi
20:35 / 14.10.2024