Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonning chet davlatlardagi vakolatxonalari huzurida referendum o‘tkazuvchi uchastka komissiyalari tashkil etiladi
O‘zbekistonning chet davlatlardagi diplomatik va boshqa vakolatxonalari huzurida referendum o‘tkazuvchi uchastka komissiyalari tashkil etiladi. Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda Markaziy saylov komissiyasi axborot xizmati rahbari Murodulla Alimboyev ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, Markaziy saylov komissiyasining 2022 yil ikkinchi yarim yilligiga mo‘ljallangan ish rejasi keng muhokama qilingan va tasdiqlangan.
Ikkinchi yarim yillikda o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan O‘zbekiston Respublikasi referendumiga tayyorgarlik ko‘rish, uni yuqori saviyada tashkil etish Markaziy saylov komissiyasi ustuvor vazifasi ekani belgilandi.
Referendum jarayonlarida kuzatuvchilar faoliyatini tartibga solish, ular huquqlarini ta’minlash maqsadida xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlardan qatnashadigan kuzatuvchilar to‘g‘risidagi hamda siyosiy partiyalar, fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlari va fuqarolar tashabbuskor guruhlaridan kuzatuvchilar faoliyati tartibi to‘g‘risidagi nizomlar qabul qilindi.
Avvalgi saylovlarda xorijdagi vatandoshlar faol ishtirokini hisobga olgan holda, ularning referendumda ovoz berishda qulayliklar yaratish maqsadida O‘zbekistonning chet davlatlardagi diplomatik va boshqa vakolatxonalari huzurida referendum o‘tkazuvchi uchastka komissiyalarini tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizom ham tasdiqlandi.
Mavzuga oid
10:51 / 24.03.2025
Parijdagi referendum natijasi: yana 500 ta ko‘cha piyodalarga ajratiladi
13:24 / 15.03.2025
O‘zbekiston va Finlandiya hukumatlararo komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi
23:01 / 06.11.2024
Qatar aholisi parlament saylovlaridan voz kechishga ovoz berdi
11:10 / 01.11.2024