Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sanoat xavfsizligi qo‘mitasi nazoratidagi korxonalarda sodir bo‘lgan 42 ta baxtsiz hodisaning 13 tasi o‘lim bilan tugadi
Sanoat, radiatsiya xavfsizligi talablari va yerosti boyliklaridan foydalanish sohalarida 27 010 ta qoidabuzilish aniqlandi. Bu haqda AOKAda Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi rahbariyati ishtirokida o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qilindi.
Qayd etilishicha, 22 ta korxonada ishlar vaqtincha to‘xtatib qo‘yilgan. 1 521 ta injyener-texnik va rahbar xodimlarga 1 mlrd 186 mln 598 000 so‘m miqdorida jarimalar qo‘llanilgan.
Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi nazorati ostidagi korxona va tashkilotlarda umumiy 42 ta baxtsiz hodisa sodir bo‘lib, bulardan 13 tasi o‘lim bilan tugadi.
Hududlardagi mavjud jami 143 ta madaniyat va istirohat bog‘ida o‘rnatilgan 1879 ta attraksion ko‘zdan kechirilgan va ulardan xavfsiz foydalanish talablariga rioya etish holati o‘rganib chiqilgan.
Ma’lum qilinishicha, 574 ta attraksion faoliyati vaqtinchalik to‘xtatilgan.
Mavzuga oid
11:38 / 26.05.2025
Milliy brendlarni qo‘llab-quvvatlash kompaniyasi tashkil qilinadi
18:02 / 20.05.2025
Toshkentda kanalga tushib ketgan qizni qutqargan erkak halok bo‘ldi
16:37 / 28.04.2025
Rossiyada o‘zbekistonlik quruvchi balandlikdan yiqilib halok bo‘ldi
07:46 / 23.04.2025