Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Italiya prezidenti bosh vazir Dragining iste’fosini qabul qilmadi
Italiya bosh vazirining so‘zlariga ko‘ra, mamlakatda milliy birlik koalitsiyasi endi mavjud emas, shuning uchun uning ishi davom etishi uchun sharoit yo‘q. Kecha kechqurun Dragi prezidentga iste’foga chiqishi haqida murojaat kiritishga va’da berdi.
Italiya prezidenti Serjio Mattarello 14 iyul, payshanba kuni bosh vazir Mario Dragining iste’foga chiqish haqidagi iltimosini rad etdi. Avvalroq, hukumat rahbari mamlakatdagi hukmron koalitsiyadagi bir necha haftalik mojarolardan so‘ng iste’foga chiqishini ma’lum qilgan edi.
Bosh vazirning so‘zlariga ko‘ra, uning hukumatini qo‘llab-quvvatlagan milliy birlik koalitsiyasi endi mavjud emas va shuning uchun faoliyatini davom ettirish uchun sharoit yo‘q.
Parlamentdagi ovoz berish jarayonida hukumat ishonchsizlik votumidan qochishga muvaffaq bo‘ldi. Biroq koalitsiyaga kiruvchi «5 yulduz harakati» ovoz berishda qatnashmadi. Dragi avvalroq uning hukumati ushbu harakatning ko‘magisiz o‘z faoliyatini davom ettira olmasligini aytgan edi.
Dragining so‘zlariga ko‘ra, u parlamentdagi inauguratsiya nutqida ijroiya hokimiyati hukumat dasturini bajarish uchun yaqqol istiqbol bo‘lgan taqdirdagina oldinga yurish imkoniyatiga ega bo‘lishini aytgan. Uning ta’kidlashicha, endilikda bunday sharoit mavjud emas.
Uning xulosa qilishicha, boshida hukumatni qo‘llab-quvvatlagan umummilliy ko‘pchilik endi yo‘q.
Mavzuga oid
14:59 / 27.05.2025
O‘zbekiston–Italiya: 33 yillik munosabatlarga nazar
10:02 / 26.05.2025
Jorja Meloni 28-29 may kunlari O‘zbekistonga keladi
15:50 / 19.05.2025
Italiya 400 ta foydalanishdan chiqarilgan zirhli transportyorini Ukrainaga beradi
19:56 / 13.05.2025