Jahon | 22:15 / 16.07.2022
13811
1 daqiqa o‘qiladi

Bayden Yaqin Sharq bo‘ylab turnesini yakunladi

Jo Bayden 13-16 iyul kunlari Saudiya Arabistoni, Isroil va Iordaniyada bo‘ldi.

Foto: Getty Images

AQSh prezidenti Jo Bayden Yaqin Sharq mamlakatlari bo‘ylab turnesini yakunladi.

Amerika yetakchisining tashriflar turkumi 13-16 iyul kunlari bo‘lib o‘tdi. U Saudiya Arabistoni, Isroil va Iordaniyada bo‘ldi.

Qayd etilishicha, Jo Bayden o‘tirgan samolyot Jidda shahridagi qirol Abdul Aziz nomidagi aeroportdan AQSh sari yo‘l olgan.

AQSh prezidenti samolyoti mahalliy vaqt bilan yarim tundan o‘tganida Vashington yaqinidagi Endryus harbiy bazasiga qo‘nishi kutilmoqda.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid