O‘zbekiston | 08:38 / 16.07.2022
8395
1 daqiqa o‘qiladi

Xalqaro islom akademiyasida ilk bor to‘rtta yangi yo‘nalish bo‘yicha qabul o‘tkazilmoqda

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida ilk bor jurnalistika, yurisprudensiya va kompyuter injiniringi kabi yo‘nalishlar bo‘yicha qabul o‘tkazilmoqda. Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda Xalqaro islom akademiyasi o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori Zokir Ro‘ziyev ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi ilmiy salohiyati 66 foizni tashkil etadi. 

Ayni paytda Akademiyada “Islom iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar”, “Mumtoz sharq filologiyasi” hamda “Islomshunoslik” fakultetlari mavjud bo‘lib, ular tarkibida 10 ta kafedra faoliyat yuritmoqda. 

Joriy yildan ilk marotaba “Matnshunoslik va adabiy manbashunoslik (arab tili)”, “Jurnalistika" (xalqaro jurnalistika), “Yurisprudensiya (islom huquqi)”, “Kompyuter injiniringi (“Kompyuter injiniringi”, “AT servis”, “Axborot xavfsizligi”, “Multimedia texnologiyalari)” ta’lim yo‘nalishlariga qabul o‘tkazilmoqda.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid