Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda anomal issiq ob-havo sabab poyezdlar jadvaliga o‘zgartirish kiritiladi
O‘zbekistonda kuzatilayotgan anomal issiq ob-havo tufayli poyezdlar harakat jadvalida o‘zgarish bo‘lmoqda. Bu haqda «O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi» aksiyadorlik jamiyati xabar qildi.
Qayd etilishicha, harakat xavfsizligini ta’minlash maqsadida barcha turdagi (yuk va yo‘lovchi) poyezdlarning tezligiga cheklovlar berilmoqda.
Shu tufayli yo‘lovchi poyezdlarning harakat jadvaliga, ayniqsa, jo‘nash hamda manziliga yetib borish vaqtlariga o‘zgarish kiritiladi.
«Har bir yo‘lovchining manziliga xavfsiz yetkazib olib borilishini ta’minlash eng muhim vazifadir. Shuni inobatga olib, «O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi» AJ rahbariyati yo‘lovchilardan bunday vaziyatni to‘g‘ri tushunishlarini istab, keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raydi», deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
19:00 / 17.05.2025
Toshkent va Samarqand vokzallarida infokioskalar ish boshladi
20:49 / 27.03.2025
«O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi» tanqid ortidan poyezdlarda sanitariya nazorati kuchaytirilishini e’lon qildi
18:14 / 28.02.2025
Nukusdan Qozog‘istonga yangi poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yiladi
18:28 / 09.09.2024