Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Tolibon» O‘zbekistonga snaryad otgan guruh a’zolari ushlanganini ma’lum qildi
Afg‘onistondan turib O‘zbekiston janubiga snaryad otganlarni qo‘lga olish amaliyoti o‘tkazildi.
«Tolibon» hukumati rasmiy vakili Zabihulloh Mujohid Afg‘oniston hududidan O‘zbekiston va Tojikistonga snaryadlar bilan hujum uyushtirgan guruh a’zolari qo‘lga olinganini ma’lum qildi.
U maxsus amaliyot natijasida guruhning 3 nafar a’zosi o‘ldirilgani, 5 nafari hibsga olingani haqida ma’lumot bergan.
«Kuni kecha Qunduzning Imom Sohib tumanidagi Qanjag‘e hududida Islom Amirligi maxsus bo‘linmalari Xavorijlar markazini topib, yo‘q qildi. Ushbu amaliyot davomida xavorijlarning 3 nafari o‘ldirildi, besh nafari tiriklayin hibsga olindi.
Ularning transport vositalari va o‘t ochish vositalari musodara qilindi. Ular yaqinda O‘zbekiston va Tojikistonga raketalar bilan o‘t ochgandi», deya yozadi Afg‘oniston muvaqqat hukumati rasmiysi tvitterdagi sahifasida.
Ularga Afg‘oniston bilan chegaradosh hududlarga hujum uchun o‘q-dorilarni Qarshilik fronti yetkazib bergani aytilgan.
Avvalroq 15 iyul kuni toliblar Imom Sohibda IShID jangarilari uyasiga reyd o‘tkazgani haqida xabarlar berilgandi.
Ma’lumot uchun, Tojikiston hududiga 7 may kuni Tohar viloyatining Xo‘ja-Gar tumanidan turib zarba berilgan, O‘zbekistonga esa 18 aprel va 5 iyul kunlari Balx viloyati Hayraton shahri atrofidan turib snaryadlar uchirilgan. Tojikiston tomoni javob qaytarishi oqibatida bir necha terrorchi yo‘q qilingani ma’lum. Barcha uch holatda ham hujumga uchragan tomonlarda qurbonlar bo‘lmagan.
Surxondaryoning Termiz shahriga 5 iyul kuni Afg‘oniston tomondan beshta snaryad kelib tushgandi. Snaryadlar portlamagan, halok bo‘lganlar va jarohatlanganlar bo‘lmagan. Termiz shahridagi Majnuntol mahallasida joylashgan to‘rtta xususiy uyga kichik zarar yetgan, snaryadlardan bittasi futbol maydonidan topilgan. Topilgan snaryadlar sapyor birligi tomonidan zararsizlantirilgan.
Mavzuga oid
21:58 / 21.05.2025
AQSh «Tolibon»ning terrorchi tashkilot maqomini qayta ko‘rib chiqadi
15:06 / 15.05.2025
O‘zbekiston Afg‘onistondan chorva mollarini import qilishi mumkin
17:22 / 14.05.2025
Afg‘oniston O‘zbekistonga Hirot oq marmarini sovg‘a qildi
17:47 / 12.05.2025