Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Boeing Markaziy Osiyo davlatlarini potensial mijozlari xaritasiga kiritmadi
AQShning Boeing aviakonserni kelasi 20 yilda samolyot yetkazib berishni rejalashtirayotgan mijozlarining xaritasini e’lon qildi. Xaritada Markaziy Osiyo davlatlari Rossiya qatorida kulrang tusda aks ettirilgan.
“Bu yil Rossiyaning Ukrainadagi urushi aviatsiya sanoatiga to‘g‘ridan to‘g‘ri ta’sir o‘tkazdi. Eng muhimi, katta ehtimol bilan Rossiyaga samolyotlar yetkazib berish imkoni bo‘lmaydi.
Rossiya va Markaziy Osiyo mintaqasida samolyotlarga talab borligiga qaramay, joriy vaziyat qancha vaqt saqlanib qolishi bo‘yicha noaniqlik juda yuqori. Shu sababli biz Rossiya va Markaziy Osiyo mintaqasi bo‘yicha prognozimizni e’lon qilmaslikka qaror qildik”, – deyiladi Boeing izohida.

Boeing vitse-prezidenti Darren Xalst mazkur mintaqani kompaniya uchun «maqsadli bo‘lmagan bozor» deb ta’rifladi.
O‘tgan yilgi prognozlarga ko‘ra, Rossiya aviakompaniyalari Boeing'dan 1500 ta samolyot sotib olishi kutilayotgandi. Ammo Rossiya Ukrainaga bostirib kirgach, kompaniya rus aviakompaniyalariga texnik xizmat ko‘rsatishni va ehtiyot qismlar yetkazib berishni to‘xtatganini e’lon qildi.
Mavzuga oid
13:31 / 28.05.2025
Markaziy Osiyo ekspertlari mintaqaning 2050 yilgacha bo‘lgan rivojlanish ssenariylari ustida ishlamoqda
16:42 / 24.05.2025
O‘zbekistonda "Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi" iqtisodiy forumi bo‘lib o‘tadi
21:53 / 02.05.2025
Tramp prezident samolyotini almashtirishga qaror qildi
15:03 / 01.05.2025