Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada 18 nafar o‘zbekistonlikning 923 ming rubldan ortiq puli undirib berildi
O‘zbekistonliklarning 923 ming rubldan ortiq puli undirib berildi.
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Moskva shahridagi vakolatxonasiga 18 nafar O‘zbekiston fuqarosi haq-huquqlari buzilayotganidan shikoyat qilib, murojaat qilgan.
Ma’lum bo‘lishicha, Tula shahridagi ish beruvchi va ishchilar o‘rtasida "vositachilik" bilan shug‘ullangan fuqaro qurilish obektida o‘zbekistonliklarni ishlatib, ish haqini bermagan.

Agentlikning Tula shahridagi vakili tomonidan mazkur holat o‘rganilib, o‘zbekistonliklarning 923 ming 764 rubl miqdoridagi puli "vositachi"dan undirib berildi.
Bundan oldin Rossiyada O‘zbekiston fuqarolariga kuch ishlatib, majburiy mehnatga jalb qilgan ish beruvchi hibsga olingandi.
Mavzuga oid
23:26 / 19.05.2025
Rossiyada oilaviy zo‘ravonlik qurboni bo‘lgan ayol va uning uch farzandi O‘zbekistonga qaytarildi
18:19 / 09.05.2025
Jizzaxda fuqaroni Meksika orqali AQShga jo‘natmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi
11:05 / 07.05.2025
Rossiyada mushkul ahvolda qolgan fuqarolar O‘zbekistonga qaytarildi
19:21 / 01.05.2025