O‘zbekiston | 14:43 / 20.07.2022
2865
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkent metrosi ayrim yo‘nalishlarida poyezdlar harakati tezligiga vaqtincha cheklov joriy etiladi

Metropoliten yerusti halqa yo‘li va Sergeli yo‘li uchastkalarida havo harorati ko‘tarilishi kuzatilgan vaqtlarda poyezdlar harakati tezligiga vaqtincha cheklov joriy etiladi.

Foto: Kun.uz

Gidrometeorologiya markazi ma’lumotiga ko‘ra, O‘zbekiston hududiga Turkmaniston orqali Erondan issiq havo oqimi kirib kelishi kuchayadi. Ob-havo harorati kunduzi 47 daraja issiqqa ko‘tarilishi kutilmoqda.

Toshkent shahrida havo harorati keskin ko‘tarilishi sabab yerusti temiryo‘llari va ularning po‘lat qismlari harorati juda yuqori bo‘lib, 70 daraja issiqqa yetishi mumkin. 

“Toshkent metropoliteni” xabariga ko‘ra, temiryo‘llardan foydalanish qoidalariga ko‘ra relslar harorati 55 daraja issiqdan oshganda poyezdlar harakati tezligi pasaytirilishi, relslar harorati 60 daraja issiq bo‘lganda poyezdlar harakati tezligi 40 km/soatdan, 65 daraja issiqda – 25 km/soatdan oshmasligi, 70 daraja issiqda esa poyezdlar harakati taqiqlanishi belgilangan.

Bildirilishicha, poyezdlar harakati va yo‘lovchilar xavfsizligini ta’minlash maqsadida metropoliten yerusti halqa yo‘li va Sergeli yo‘li uchastkalarida havo harorati ko‘tarilishi kuzatilgan vaqtlarda poyezdlar harakati tezligiga vaqtincha cheklov joriy etiladi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid